← Burchoqdoshlar
Nurota astragali
Burchoqdoshlar

Nurota astragali

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Maqomi 1. Nurota tizmasidagi kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi. Serpoyali ko‘p yillik o‘t. Poyasi ancha yo‘g‘on, uzunligi 8-15 sm, siyrak, hurpaygan tukli, ular keyinchalik to‘kilib ke- tadi. Bargi, asosan, poyaning yuqori qismida joylashgan. Bargchalari 4-6 juft, yuqori qismi to‘mtoqroq, deyarli teskari yuraksimon, uzunligi 1-2 sm. Gulpopugi siyrak, 5-10 gulli. Gulto- ji och sariq rangli. Dukkagining uzunligi 1020 mm, o‘tkir uchli (tumshuqchali), siyrak, uzun, hurpaygan tukli, ikki uyali. Urug‘i quloqsimon, siqilgan, uzunligi 5 mm, sirti silliq, to‘q ji- garrang. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda yetila- di.

Tarqalishi. Samarqand va Navoiy vilo- yatlari: Nurota tog‘larining Oqtog‘ tizmasida tarqalgan.

Usish sharoiti. Tog‘larning pastki va o‘rta qismidagi toshli yonbag‘irlarda, qoyalardao‘sadi.

Soni. Yakka-yakka holda uchraydi.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumot- lar yo‘q.

Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza chora- lari ishlab chiqilmagan.

Manbalar. [77,136].

F. O‘ Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009