← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Maydagultojbargli erigeran
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Maydagultojbargli erigeran

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Erigeron trimorphopsis Botsch.

Maqomi: 2. Chotqol tizmasidagi g‘oyat kamyob o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 15– 35 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyasi ko‘p. Yopirma barglarining uzunligi 2,5–11,5 sm, eni 6–9 mm, teskari nashtarsimon. O‘rama bargchalari qalami, nashtarsimon. Savatchasining uzunligi 0,9–1,3 sm. Guli pushti yoki binafsha rangli. Urug‘i uzunchoq nashtarsimon, dag‘al, tukli. Iyul oyida gullab, mevasi avgust–sentyabr oylarida yetiladi.

Tarqalishi: Toshkent viloyati: Chotqol tizmasida – Ko‘ksuvda tarqalgan. O‘zbekistondan tashqari Qirg‘izistonda uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tog‘ mintaqasining yuqori qismidagi o‘tloqlarda o‘sadi.

Soni: Tabiatda juda kam tarqalgan, faqat bir hududdagina aniqlangan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining haddan ortiq boqilishi natijasida kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. O‘sish joylari Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan. Manbalar. [159, 295]. M. To‘laganova.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009