← Chinniguldoshlar
Momiq zo‘rcha
Chinniguldoshlar
Yangi

Momiq zo‘rcha

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Silene tomentella Schischk.

Maqomi: 2. Qizilqumdagi qoldiq tepaliklarda tarqalgan juda kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 30–40 sm oralig‘idagi ko‘p yillik o‘t. Poyasi ko‘p, pastki qismi yog‘ochlanuvchi. Barglari ingichka nashtarsimon, 4–6 sm uzunlikda, eni 3–5 sm, poyaning pastidagilari ingichkalashib borib, bandga aylangan, yuqorisidagi barglari ancha mayda. To‘pguli shingilsimon. Kosachasi silindrsimon, to‘g‘nag‘ichsimon, uzunligi 18–20 mm. Tojbargi oqish, kosachadan bir yarim marta uzun. Tojbargining 2/3 qismi qirqilgan. Mevasi ko‘sakcha, tuxumsimon, uzunligi 11 mm, eni 6 mm.

Tarqalishi: Buxoro, Navoiy viloyatlari: Qizilqumdagi qoldiq tepaliklar (Oqtog‘ va Quljuqtog‘)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Qoldiq tepaliklarda, toshlarning bo‘laklari orasida va toshli quruq yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Umumiy soni aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Maʼlumotlar yo‘q.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [22, 310]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009