← Chinniguldoshlar
Popov zo‘rchasi
Chinniguldoshlar
Yangi

Popov zo‘rchasi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Silene popovii Schischk.

Maqomi: 2. Zarafshon tizmasidagi juda kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Balandligi 20–25 sm ga yetadigan sershox va serbarg ko‘p yillik o‘t. Gulpoyasining uzunligi 15–20 sm. Mevasiz poyasi va poyaning pastki qismidagi barglari ingichka chiziqli, poyaning yuqorisidagilari uchli-nashtarsimon. Gullari poyaning uchida 3–7 tadan joylashgan. Guloldi bargchalari o‘tsimon, poyaning yuqori qismida joylashgan barglarga o‘xshash. Kosachasi silindrsimon, uzunligi 13–15 mm. Tojbarglari och pushti rangli. Ko‘sakchasi cho‘ziq, uzunligi 10 mm. Aprel–may oylarida gullab, mevasi may–iyunda yetiladi.

Tarqalishi: Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari: Zarafshon tizmasi (Ko‘xi-Surx, Jonqora tog‘lari va Taxta-Qoracha dovoni)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘ning pastki qismida va tog‘ etaklaridagi shag‘alli va ohaktoshli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Umumiy soni aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [22, 97, 310]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009