← Chinniguldoshlar
Mixelson zo‘rchasi
Chinniguldoshlar
Yangi

Mixelson zo‘rchasi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Silene michelsonii Preobr.

Maqomi: 1. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloydagi juda kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 25–30 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyalarining asosi juda ko‘p qurib qolgan barg qoldiqlari bilan o‘ralgan. Barglari cho‘ziqroq teskari tuxumsimon, uchi o‘tkir. Kosachasi sal pufaksimon, yupqa, silindrqo‘ng‘iroqsimon, 10 ta tomirli. Tojbargi oq, tuksiz. Iyunda gullab, mevasi iyul oyida yetiladi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Qoyalarda o‘sadi.

Soni: Yakka-yakka holda uchraydi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [22, 310]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009