Silena paranadena Bondarenko et Vved.
Maqomi: 2. Shimoli-g‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik o‘t o‘simlik, balandligi 30–50 sm, poyalari ko‘p, asosiga yaqin joylari qattiq yog‘ochsimon. Barglari nashtarsimon, uzunligi 3–6 sm, eni 10–12 mm. Gullari shoxchalarining uchlarida bittadan joylashgan, yirik, uzunligi 30–32 mm. Gultoji oq-pushtirang, chuqur ikkiga bo‘lingan. Kosachasi to‘g‘nag‘ichsimon silindr shaklida, shishmaydi, uzunligi 22–25 mm, naychasi tuksiz, tishchalari oq tukli. Mevasi ko‘sak, uzunligi 10–12 mm. Aprel–iyunda gullab, mevasi yetiladi.
Tarqalishi: Nurota va Molguzar tizmalarida tarqalgan (Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlari).
O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismlaridagi mayda chag‘irtoshli shimoliy yonbag‘irlarda, butazorlar orasida o‘sadi.
Soni: Kam tarqalgan, yakka-yakka yoki kichik guruhlar tashkil qilib o‘sadi. Ko‘ pa yi shi . Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Mollarning ko‘plab boqilishi va tabiiy muhitning salbiy taʼsirida kamayib ketgan bo‘lsa kerak.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Nurota davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [17, 22, 310]
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009