← Chinniguldoshlar
Nataliya zo‘rchasi
Chinniguldoshlar
Yangi

Nataliya zo‘rchasi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Silene nataliae F.O.Khass.

Maqomi: 1. Ko‘hitang tizmasidagi relikt endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Yarim butacha. Barglari ildiz bo‘g‘izida joylashgan, bo‘lmali, uzunligi 3–5 sm, ikkala tomoni oddiy yoki bezchali tuklar bilan qoplangan. Gullari 3–6 ta. Kosachasi oddiy va bezchali tuklar bilan qalin qoplangan, keng qo‘ng‘iroqsimon, pushtirang, uzunligi 12–14 mm, tishchalarining uzunligi 2–4 mm, gultoji sariq, yuqori qismi pushtirang, qaytaqisi 5–6 mm uzunlikda, ikki bo‘lakli, tishchasiz. Changchi va ustunchasi tuksiz. Karpofori 4–5 mm uzunlikda, tuksiz. Ko‘sagining uzunligi 6–7 mm, tuksiz. Iyulda gullab, mevasi avgustda yetiladi.

Tarqalishi: Ko‘hitang tizmasi (Surxondaryo viloyati)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Dengiz sathidan 2200 m balandlikdagi qoyalarning shimoliy yonbag‘irlarida o‘sadi.

Soni: 60 tup o‘simlikdan iborat 2 ta populyatsiyasi aniqlangan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Qisqa arealga ega maxsus joydagina o‘sishga moslashgan (stenobiont) relikt o‘simlik.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Surxon qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalari. [309]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009