Silene oreina Schischk.
Maqomi: 1. Zarafshon tizmasidagi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik, ko‘p boshchali (kaudeksli) va ko‘p poyali, bo‘yi 10–15 sm orasidagi o‘t. Barglarining uchi cho‘zilgan, juda o‘tkir, bezchasimon qalin tuklar bilan qoplangan. Ildiz bo‘g‘izidagi barglari teskari nashtarsimon, asosiga qarab ingichkalashib boradi. Poyadagi barglari keng cho‘ziq. Gullari oq, poyaning uchida 1–3 tadan o‘rnashgan. Kosachasi gulidan 2–3 marta uzun, dastlab silindrsimon, keyinroq qo‘ng‘iroqsimon shaklli. Karpofori tuksiz. Ko‘sagi tuxumsimon. May oylarida gullab, mevasi may–iyunda yetiladi.
Tarqalishi: Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari: Zarafshon tizmasi (Allaprishan, Oqsoy, Og‘alik va Tarag‘ay qishloqlari atroflari) da tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Toshli, toshshag‘alli joylarda va qoyalarda o‘sadi.
Soni: Tabiatda juda kam uchraydi. Yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollari boqiladigan yerlarda o‘simlik juda katta zarar ko‘radi.
Madaniylashtirilishi: Maʼ lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [22, 310]. F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009