Oxytropis maidantalensis B. Fedtsch.
Maqomi: 2. G‘arbiy Tyan-Shanda o‘suvchi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik, kalta, o‘q ildizli, deyarli poyasiz, siyrak chim hosil qiluvchi, oq paxmoq tukli o‘simlik. Bargining uzunligi 2,5–7 sm, 5–12 juft, bargchalari cho‘ziqroq. Gulpoyasining uzunligi bargiga teng yoki undan uzunroq. Gulpopugi boshchasimon, zich joylashgan qizil gullardan iborat. Dukkagi pufaksimon, cho‘ziq tuxumsimon, uzunligi 15 mm, qattiq, tumshuqchali, qalin hurpaygan tukli. Iyul oylarida gullab, avgustda meva beradi.
Tarqalishi: Toshkent viloyati: Maydontol daryosining havzasida. O‘zbekistondan tashqarida esa Qozog‘iston va Qirg‘izistonda tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Toshli-shag‘alli tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.
Soni: Sanoqli darajada uchraydi. O‘zbekistondagi umumiy soni 3000 dan ortmaydi.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududidagi o‘sish joylari muhofazaga olingan. Manbalar. [10, 47, 76, 212, 304, 305]. F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009