Maqomi 2. G‘arbiy Tyan-Shanda tarqalgan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15-40 sm bo‘lgan yarim buta. Poyasi yo‘g‘on, sershox, to‘q kulrang. Gulpoyasi zich, ro‘vaksimon. Bargi 5,5-11 sm uzunlikda, barg bandi juda qisqa, bargchalari 10-13 juft,uzunchoq tasmasimon yoki cho‘ziq,uzunligi 5-8 mm, eni 1-1,5 mm, ikki tomoni siyrak tukli. Gulpopugi cho‘ziqroq- g‘ovaksimon, 5-8 guldan iborat. Tojbargi och push- ti rangli, uzunligi 15-17 mm. Dukkagi 17-22 mm
Tarqalishi. Toshkent viloyati: Ugom va Piskom tizmalarida uchraydi.
O‘sish sharoiti. Qoyalarda, toshli-shag‘alli va mayda zarrali tuproqlardan iborat yonbag‘ir- larda hamda daryo qirg‘oqlari bo‘ylab tog‘ning yuqori qismigacha cho‘zilgan joylarda o‘sadi.
Soni. Juda kam uchraydi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish saba- blari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumot- lar yo‘q.
Muhofaza choralari. O‘sish joylari Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan.
Manbalar. [26, 66].
K. Sh. Tojibayev.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009