Maqomi 2. Oloy tizmasida tarqalgan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 3-4 sm keladigan, yotiq qalin tuklar bilan qoplangan, deyarli poya- siz, ko‘p yillik o‘t. Bargi 1-2 sm uzunlikda, barg bandi ingichka, uzunligi 2-5 mm, bargchalari 4-5
Tarqalishi. Farg‘ona viloyati: Oloy tiz- masining Chimyon, Shohimardon, Sadqoq, Vodil, Oqbilol, Qadamjoy va So‘x qishloqlari atrofla- rida tarqalgan. Qirg‘izistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti. Tog‘ etaklaridagi jarliklar- da, shag‘alli bo‘z tuproqlar va konglomerat tog‘ jinslarida o‘sadi.
Soni. Yakka-yakka holda uchraydi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumot- lar yo‘q.
Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi.
Manbalar. [65,156-159].
Sh. K. Tojibayev
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009