Maqomi 2. G‘arbiy Tyan-Shanda kichik maydonda tarqalgan endemiko‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Ko‘p yillik o‘t. Qisqa tanasidan osilib turuvchi ingichka, ko‘plab burama poyalar o‘sib chiqqan. Bargi murakkab, 5-6 sm uzunlikda, barg- chalari 4-6 juft, cho‘ziqroq yumaloq shaklda, uzunligi 7-14 mm, eni 5-8 mm. Gullari yoyiq, momiq gulpopugi- da 3-9 tadan joylashgan. Kosachasi (gullagan davrda) biroz kattayadi, keyinchalik tuxumsimon-qabariq shaklga kiradi. Dukkagi 8-12 mm uzunlikda, oqish, hurpaygan, qalin tukli. Iyunda gullab, iyulda meva beradi.
Tarqalishi. Toshkent viloyati: Chotqol, Ugom, Piskom hamda Qorjontov tizmalarida tarqalgan.
Usish sharoiti. Dengiz sathidan 1000-1200 m balandlikdagi quyosh nuri tik tushmaydigan qoyatoshlarning yoriqlarida va daralarning salqin yonbag‘irlarida o‘sadi.
Soni. Chotqol tizmasida bir-biridan ajralgan holda kichik to‘plar hosil qilib o‘sadi. Oqbuloq atroflarida 10 ta joyda borligi aniqlangan. Piskom daryosi havzasida 150-250 atrofidagi tuplar- dan iborat 20 dan ortiq populyatsiyalari mavjud.
Ko‘payishi. Faqat urug‘idan ko‘payadi. Oqbuloq atroflarida panaroq yonbag‘irlarda yosh nihollari uchraydi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Yangi unib chiqqan maysalari va yosh nihollarining kamligi o‘simlikning sekinlik bilan ko‘payishidan dalolat beradi. U o‘ziga xos sharoitda o‘sishni talab qiladi va turlararo raqobatgadosh bera olmaydi.
Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.onasida va Ugom-Chotqol milliy tab
Muhofaza choralari. Chotqol biosfera qo‘riqxiat bog‘ida muhofaza qilinadi.
Mabalarn. [343, 345].
G‘. M. Shermatov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009