← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Mariya yurineyasi
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Mariya yurineyasi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Jurinea mariae Pavlov

Maqomi: 2. G‘arbiy Tyan-Shanning juda kamyob endemik o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 45 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyasi kam, tik qirrali, g‘uj-g‘uj chalkash tukli. Barglari burishgan, mayda bezchali, siyrak chalkash tukli, pastki tomoni kulrang, ingichka, chalkash tukli va bezchali. Yopirma barglari va poyaning pastki qismidagi barglari qisqa bandli, yaproqlari yarmigacha yirik tishli yoki bo‘lakli. Poyaning o‘rta qismidagi barglari yopirma barglarga o‘xshash, bandsiz, yuqoridagilari maydaroq. O‘rama bargchalari savatchaga yopishgan, nashtarsimon, qirmizi rangli. Toji qirmizipushti rangli. Urug‘i teskari piramidasimon, silliq. Iyul–avgust oylarida gullab, urug‘ beradi.

Tarqalishi: Toshkent viloyati: Piskom tizmasi (Nanay qishlog‘i atrofi)da tarqalgan. Qozog‘istonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning yuqori qismidagi toshli surilmalarda o‘sadi.

Soni: Tabiatda juda kam tarqalgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: O‘sish joyi Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududiga to‘g‘ri keladi. Manbalar. [105, 159, 331].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009