← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)

Vicoa krasheninnikovii Kamelin

Maqomi: 3. Pomir-Oloy, Nurota tog‘lari, Oqtog‘ tizmasining kamayib borayotgan endemik o‘simligi. Kisqacha tavsifi. Bo‘yi 5 – 8 sm bo‘lgan, poyalarining asosi sertuk, bir boshchali, ko‘p yillik serbarg o‘simlik. Barglari bandsiz, ellipssimon, uzunligi 9–11 mm. Savatchasining uzunligi 8–10 mm, diametri 8 mm gacha. O‘rama barglari ko‘p qatorli, bargchalari ingichka, ellips shaklida, tashqi barglarining cheti qalinroq (terisimon), ichkilarining cheti esa qalin, pardasimon, popukli. Gullari naysimon, ochsariq tusli, tuksiz. Pistasining uzunligi 2 mm, qalin yotiq tukli. Iyun–avgust oylarida gullab, urug‘ hosil qiladi.

Tarqalishi: Navoiy viloyatining Oqtog‘ tog‘ida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Qoyalarning oralarida, yoriqlarida o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniq maʼlumotlar yo‘q.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar.[110, 159].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009