← Yalpizdoshlar (Labguldoshlar)
Margarita marmaragi
Yalpizdoshlar (Labguldoshlar)
Yangi

Margarita marmaragi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Salvia margaritae Botsch.

Maqomi: 2. Oloy tizmasidagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50 sm ga yetadigan yarim buta. Poyalari ko‘p, asosidan shoxlangan. Barglari mayda, nashtarsimon, bandsiz. Kosacha barglarining uzunligi 18 mm, binafsha rangli, bezchasimon tukli. Tojbarglari to‘q binafsha rangli, bezchasimon tukli, uzunligi 30–40 mm. Iyunda gullab, mevasi iyul oyida yetiladi. Manzarali hamda dorivor o‘simlik.

Tarqalishi: Farg‘ona viloyati: Oloy tizmasidagi Shohimardon daryosi vohasida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismida toshli va mayda jins-toshli ochiq yonbag‘irlarda va qoyalarda o‘sadi.

Soni: Shohimardon daryosi havzasida 10–15 to‘pi borligi aniqlangan. Tuplarining soni nomaʼlum.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Urug‘idan yaxshi unmasligi, chorva mollari boqilishi, dam olish uylari qurilishi uning qisqarib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Alohida muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Bu turni madaniy sharoitda ekib o‘rganish lozim. Manbalar. [111, 191–193, 238, 260].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009