Salvia lilacinocaerulea Nevski
Maqomi: 1. Janubiy Pomir-Oloyga xos kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Poyasi 1–3 ta, tik, bezchali tuklar bilan qoplangan, balandligi 30–60 sm. Barglari lira ko‘rinishli patsimon qirqilgan, ikkala tomoni oqish tukli. Gullari 1–2 tadan 1 sm uzunlikdagi gulbandlarda guloldi bargchalarning qo‘ltig‘ida o‘rnashgan. Kosachasi keng qo‘ng‘iroqsimon, qabariqli, uzunligi 15–20 mm, tuklari bezchali. Gultoji och pushtirang, 35–45 mm uzunlikdagi qoramtir qaytaqili. Yong‘oqchasi yassi – ellipssimon, uzunligi 5 mm.
Tarqalishi: Ko‘hitang tizmasida, Suvsiztog‘ va Boysuntog‘da tarqalgan (Surxondaryo viloyati).
O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismidagi qoyalarning soyalarda o‘sadi.
Soni: 3000 tupi borligi aniqlangan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Mollarning boqilishi va pichan o‘rilishi tufayli kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [111, 192–193, 238, 260, 310].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009