Maqomi 3. Janubi-g‘arbiy Tyan-Shan va Pomir- Oloydagi areali ajralgan kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 10-20 sm ga yetadigan ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozi tuxumsimon, diametri 2,5 sm, qobig‘i ichki tomonining yuqori qismi sertuk. Barglari 3 ta, egri-bugri. Guli yakka, qizil, tubi qora. Changchi iplarining pastki qismi qora, yuqori qismi esa qizil. Ba’zan changchi iplari qora yoki qizil. Changdoni sariq. Mart-aprel oylarida gullab, mevasi iyun-iyulda yetiladi.
Tarqalishi. Toshkent, Jizzax, Samarqand Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Qurama tizmasida (Abjassoy, Kendirdovon), Nurota tog‘lari, Pistalitog‘, Ko‘hitang, Boysun, Bobotog‘da, Turkiston, Molguzar, Zarafshon, Hisor tizmalarida tarqalgan. Qozog‘iston va Tojikistonda ham uchraydi.
Usish sharoiti. Qumshag‘alli hamda toshli yonbag‘irlarda va ola jinsli yerlarda o‘sadi.
Soni. Tabiatda to‘p-to‘p bo‘lib va yakka-yakka holda tarqalgan.
Kupayishi. Urug‘idan va piyozidan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining uzgarish sabablari. Gullari uzib va piyozlari qazib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi sababli kamayib bormoqda.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1956 yildan buyon ekib o‘stirilmoqda.
Muhofaza choralari. Nurota, Zomin, Kitob, Hisor, Surxon davlat qo‘riqxonalarida va Zomin milliy ta- biat bog‘ida muhofaza qilinadi.
Manbalar. [50, 60, 291, 341, 357]. A. H. Sharipov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009