Maqomi 3. O‘zbekistondagi kamyob tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15-25 sm orasida- gi ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozi tuxumsimon, diametri 1,5-4 sm. Qobig‘i charmsimon, qora- qo‘ng‘ir, yer yuzasigacha davom etadi. Barglari 3-4 ta, egri-bugri. Guli yakka, sariq, to‘q sariq yoki qizil, tubi qora, jigarrang dog‘li. Changchi iplari, changdonlari sariq. Mart-aprel oyla- rida gullab, mevasi may-iyunda yetiladi.
Tarqalishi. Jizzax, Buxoro, Navoiy vi- loyatlari: Nurota tog‘larining tog‘oldi te- kisliklari; Qizilqumda: Konimex cho‘lida, Quljuqtog‘, Bukantog‘, Oqtog‘, Tomdi va Dar- voza qoldiq tog‘larida, Janubi-sharqiy Qizilqumdatarqalgan.Qozog‘istonDurkmanis- ton, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston hamda Eronda uchraydi.
Usish sharoiti. Qumli cho‘llarda, qoldiq tog‘larda, qumli, tosh-shag‘alli yonbag‘irlarda, ola jinslari yer yuzasiga chiqib qolgan joylar- da o‘sadi.
Soni. 2014 yilda Qizilqum hududida qayd etilgan 8 ta senotik populyatsiyasida 4000 tup atrofida borligi aniqlangan.
Ko‘payishi. Urug‘idan va piyozidan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Gullari terib olinishi va chor- va mollarining boqilishi sababli qisqarib bormoqda.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1956 yildan buyon ekib o‘stiriladi.
Muhofaza choralari. Muhofaza qilin- maydi. O‘sib turgan joylari nazorat qilinmog‘i lozim.
Manbalar. [50, 60, 291, 357].
K. Sh. Tojibayev.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009