← Loladoshlar
Vvedenskim lolasi
Loladoshlar

Vvedenskim lolasi

Maqomi 3 — Kamyob
Maqomi 3. Janubi-g‘arbiy Tyan-Shanda o‘suvchi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 20-35 sm ga yetadigan ko‘p yillik, piyozli o‘t. Piyozi tuxumsimon, diamet- ri 2-3 sm, to‘q-qo‘ng‘ir rangli, qobig‘i qog‘ozsimon. Barglari 3-4 ta, egri-bugri. Gullari bittadan, qizil rangli. Gulining tubi sariq, changchi iplari sariq yoki qo‘ng‘ir, changdonlari sariq yoki qoramtir- binafsha rangli. Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyulda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Qurama va Chotqol tizmalarida, asosan, Ohangaron daryo vodiysida o‘sadi (Toshkent, Namangan viloyatlari].
O‘sish sharoiti. Dengiz sathidan 1600-2000 m balandlikda tub jinslarda, shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. Tabiatda kichik guruhlar hosil qilgan holda tarqalgan.
Ko‘payishi. Urug‘idan va piyozi orqali ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabab- lari. Gul va piyozlari ko‘plab yig‘ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda. Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1956 yildan buyon ekib kelinadi.
Muhofaza choralari. Ayrim populyatsiyalari Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi va Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Tabiatda o‘sib turgan tuplarini nazorat ostiga olish lozim.
Manbalar. [50, 60, 288, 291, 338].
K. Sh. Tojibayev

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009