← Loladoshlar
Qardosh lola, nurotalolasi
Loladoshlar

Qardosh lola, nurotalolasi

Maqomi 3 — Kamyob
Maqomi 3. G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob en-demik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15-25 sm oralig‘idagi ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozi cho‘ziq-tuxumsimon, diametri 2-4 sm. Qobig‘i qog‘ozsimon, uzun, to‘q qo‘ng‘ir rangli. Barglari 3 tagacha, ko‘kimtir, sal egri-bugri. Guli yakka, qizil, tubi qora, och sariq hoshiyali. Changchilarining ipi qora, changdonlar bilan birikkan joyi oq. Changdonlari qora bi- nafsha rang. Aprel-may oylarida gullab, mevasi iyun-iyulda yetiladi.
Tarqalishi. Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari: Turkiston va Molguzar tizmalari, Nurota tog‘larida tarqalgan. Qirg‘iziston va To- jikistonda ham uchraydi.
Usish sharoiti. Mayda zarra tuproqli, shag‘alli va toshli yonbag‘irlarda, daralarda va qoyalarning yoriqlarida, butazor va archazor- lar orasida, tog‘larning pastki va o‘rta qismida o‘sadi.
Soni. Yakka-yakka holda va to‘p-to‘p bo‘lib tarqalgan. Ba’zan bir necha yuzlab o‘simlikdan iborat populyatsiyalar hosil qiladi.
Ko‘payishi. Urug‘idan va piyozidan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Gullari ko‘plab terilishi va chorva mollari boqilishi arealining qisqarib keti- shiga olib kelgan.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1957 yildan buyon ekib o‘stiriladi.
Muhofaza choralari. Zomin va Nurota qo‘riqxonalarida hamda Zomin milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi.
Manbalar. [50, 60, 291, 357].
K. Sh. Tojibayev.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009