← Loladoshlar
Mixel lolasi, dilband lola
Loladoshlar

Mixel lolasi, dilband lola

Maqomi 3 — Kamyob
Maqomi 3. G‘arbiy Pomir-Oloyga xos kamyob tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 20-30 sm oralig‘idagi ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozi tuxumsimon, qora- qo‘ng‘ir charmsimon qobig‘ining ichki tomoni yotiq tuklar bilan qoplangan. Barglari 3-4 ta, yo‘l-yo‘l bi- nafsha dog‘li. Guli yakka, yirik, diametri 10 sm gacha bo‘lib, qizil rangdan to‘q pushti ranggacha. Uziga xos qadahsimon shaklda. Gulining tubi qora, sariq gar- dishli, ba’zan gardishsiz. Changchi iplari qora, chang- donlari binafsha rangli, ba’zan sariq. Mart-aprel oylarida gullab, mevasi may-iyunda yetiladi.
Tarqalishi. Nurota tog‘lari, Pistalitog‘, Mol- guzar, Zarafshon, Ko‘hitang, Hisor tizmalarida tarqalgan (Jizzax, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari]. Tojikiston va Turkmanis- tonda ham tarqalgan.
Usish sharoiti. Tog‘oldi tekisliklari va adir- lardagi toshli va soz tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. Kam, yakka holda va kichik tuplar holida uch- raydi. Nurota tizmasining tog‘oldi tekisliklarida bir gektar maydonda tuplar soni bir nechadan 100-200 donagacha yetadi. Shuningdek, Nurota tizmasidagi Ustuksoyning yuqori qismida (1600 m] ham o‘sish joyi ma’lum.
Ko‘payishi. Urug‘idan va piyozidan ko‘payadi. Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Chorva mollari boqilishi va o‘simlik gulining terib olinishi sababli kamaymoqda.
Madaniylashtirilishi. UzR FA Botanika bog‘ida 1956 yildan buyon o‘stiriladi.
Muhofaza choralari. Nurota va Surxon davlat qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi. Tabiatda o‘sib tur- gan joylari qat’iy nazorat ostiga olinishi lozim.
Manbalar. [50, 60, 291, 339, 357].
A. H. Sharipov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009