← Burchoqdoshlar
Janubiy Farg‘ona astragali
Burchoqdoshlar
Yangi

Janubiy Farg‘ona astragali

Maqomi 0 — Yo‘qolgan

Astragalus austroferganicus Kamelin et R. M. Vinogr.

Maqomi: 0. Farg‘ona vodiysidagi nihoyatda kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik o‘t, bo‘yi 10–20 sm. Poyasi ingichka, oq tukli. Bargi 1–2–3 juft bargchali, uzunligi 1–2–6 sm, yaproqchalari yumaloq. Kosachasi 12–18 sm uzunlikda, oq va qora tukchalari tarqoq. Bayroqchasi sariq, uzunligi 20 mm, qanotchasi 17–18 mm uzunlikda, qayiqchasining uzunligi 18–20 mm. Dukkagi 20– 50 mm uzunlikda, bandining uzunligi 2–3 mm, to‘g‘ri, tekis oq tukli tumshuqchasining uzunligi 8–10 mm.

Tarqalishi: Farg‘ona vodiysi: Farg‘ona viloyati (Yangiariq)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Sho‘rxok tuproqlarda o‘sadi.

Soni: 1928 yili bir martagina A. Yoffe tomonidan yig‘ilgan. Bu tur yo‘qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘paygan.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: O‘simlik tarqalgan joylarda xo‘jalik ishlari yuritilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmagan. Manbalar. [65, 159]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009