← Chuchmomadoshlar
Manzarali piyoz
Chuchmomadoshlar
Yangi

Manzarali piyoz

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Allium decoratum Turginov et Tojibaev

Maqomi: 1. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Piyozboshi 1,5–2 (3) sm diametrda, qog‘ozsimon qobiq bilan qoplangan. Poyasi 10–15 sm balandlikda, barglari 1–3 tadan, baʼzan 4 tagacha, uzunligi 9–10 sm, eni 3–3,5 sm. To‘pguli sharsimon, har bir gulning uzunligi 2,5–3 sm, gullari yulduzsimon, och qizil va qizg‘ish rangda, uzunligi 6–6,5 mm, o‘tkir lansetsimon. Changchi iplari to‘g‘ri, gulqo‘rg‘ondan chiqib turadi, changchilari bigizsimon. Ko‘sagi sharsimon, iyunda gullab, urug‘i iyulda yetiladi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Janubig‘arbiy Hisor tizmasida, Boysun tog‘ining Xo‘ja- Gurgur-ota, Xo‘ja Qo‘chqor-ota, Sanjar va Cho‘lbayir tog‘larida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: O‘sish mintaqasi, dengiz sathidan 2500–3200 m balandlikda mayda tuproqli va mayda toshli yonbag‘irliklarda uchraydi.

Soni: 4–5 ga maydonda tarqalgan 1000–1500 atrofida.

Ko‘payishi: Urug‘idan.

Madaniylashtirilishi: O‘zR FA Botanikabog‘iga ekilganda, natijalar samarasiz bo‘lgan.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [371].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009