← Loladoshlar
Foster lolasi
Loladoshlar

Foster lolasi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan
Maqomi 2. G‘arbiy Pomir-Oloydagi juda kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 10-50 sm ga yetadigan ko‘p yillik, piyozlio‘t. Piyozi tuxumsimon, diametri 2-6 sm, qobig‘i qoramtir-qo‘ng‘ir, charmsimon, ichki tomoni qalin, to‘g‘ri, qattiq, tillarang tuklar bilan qoplangan. Barglari 3-5 ta, biroz egri-bugri, ko‘kimtir yoki yashil rangli. Gullari yaltiroq, qizil, yakka, yirik, diametri 10-12 sm, tubi qora, sariq hoshiyali yoki sariq. Changchi iplari to‘q qizil yoki sariq. Changdoni qoramtir-binafsha rangli. Aprel-may oylarida gullab, mevasi iyun-iyulda yetiladi.
Tarqalishi. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari: Zarafshon tizmasidagi Omonqo‘ton o‘rmon xo‘jaligida, Taxtaqoracha dovonida, Urgut, Otaliq qishloqlari atroflarida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti. Tog‘larning o‘rta qismidagi mayin tuproqli yonbag‘irlarda va qoyalarning yoriqlaridao‘sadi.
Soni. Tabiatda yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko‘payishi. Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Gullari va piyozlarining ko‘p miqdorda yig‘ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1957 yildan buyon o‘stiriladi.
Muhofaza choralari. Kitob davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Tabiatda o‘sib turgan tuplarini nazorat ostiga olish lozim.
Manbalar. [50, 60, 291].
A. H. Sharipov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009