Maqomi 1. Chotqol tizmasidagi kichik maydonlarda tarqalgan endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Ko‘pyillikpiyozlio‘simlik. Piyozining diametri 6-8 mm, yosh piyozchalaridan 4-6 ta, uzunligi 1-5 sm keladigan, uchida bittadan
piyozchalar o‘rnashgan poyachalar o‘sib chiqadi. Ildizoldi bargi novsimon, uchi o‘tkirlashgan. Poyadagi barglari to‘pgulining pastki qismida halqa hosil qilib joylashgan. Gulqo‘rg‘onining uzunligi 10-15 mm. Urug‘i yassi. Aprelda gullab, mevasi may oyida yetiladi.
Tarqalishi. Toshkent viloyati: faqat bir joy (Parkent shahrining janubi-sharqiy qismi]da o‘sishi maʼlum.
O‘sish sharoiti. Soz tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. Kichik maydonda tarqalgan, yosh nihollar hisobiga ko‘pdek tuyuladi. Gullab turgan tuplari nihoyatda siyrak.
Ko‘payishi. Asosan, vegetativ ravishda ko‘payadi, urug‘idan ko‘payishi kam kuzatiladi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari.
Bu tur o‘sib turgan yerlar (adir]da uzluksiz ravishda dehqonchilik qilinishi va chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda. U asosan, vegetativ usul bilan ko‘payishi hisobiga saqlanib qolmoqda.
Madaniylashtirilishi. Maʼlumot yo‘q.
Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Uning tarqalishini va ekma sharoitda biologik xususiyatlarini o‘rganish
zarur.
Manbalar. [160].
I. G. Levichev.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009