← Loladoshlar
Farg‘ona lolasi, javg‘aza lola
Loladoshlar

Farg‘ona lolasi, javg‘aza lola

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan
Maqomi 2. Farg‘ona vodiysining kamyob ende-mik o‘simligi.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15-40 sm ga yetadigan ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozi tuxumsimon, qobig‘i qoramtir-qo‘ng‘ir, qattiqcharmsimon, ichki tomonining yuqori qismi va asosi yotiqtukli. Bargla- ri tukli, yuqori qismidagilari egri-bugri. Guli yakka, sariq, tashqi tomoni ko‘kimtir-pushti rangli, gul tubi sap-sariq. Changchi iplari qizg‘ish- sariq, changdoni qizg‘ish rangli. Aprel-may oylarida gullab, mevasi iyun-iyulda yetiladi.
Tarqalishi. Chotqol, Farg‘ona, Oloy tizmala- rining pastki qismida tarqalgan (Farg‘ona, Na-mangan va Andijon viloyatlari). Qirg‘izistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti. Adir va tog‘lardagi toshli va mayda zarra tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. Tabiatda yakka holda tarqalgan.
Ko‘payishi. Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Gul va piyozlari yig‘ib olinishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormokda. Ilgari Farg‘ona shahri atroflarida o‘sganligi ma’lum.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1957 yildan buyon ekib o‘stiriladi.
Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi. Tabiatda o‘sib turgan tuplarini qat’iy nazorat ostiga olish lozim.
Manbalar. [50, 60, 291, 292, 340].
K. Sh. Tojibayev

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009