Oenanthe fedtschenkoana Koso-Pol. Ferula tadshikorum Pimenov Тoжик кoвpaги Феpулa тaджикoв
Maqomi: 0. Farg‘ona vodiysiga xos nihoyatda kamyob (balki yo‘qolgan), endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50 sm gacha yetadigan (ehtimol monokarp) ko‘p yillik o‘t. Poyasi bitta, yumaloq, chuqurroq chiziqli, kam shoxli. Barglari qisqa bandli, asosi keng – novsimon, ikki karra patsimon qirqilgan, bo‘laklari cho‘ziq-qalami. Soyaboni 8–14 nurli, soyabonchalari ko‘p gulli, o‘rama bargchalari 5–10 ta, nashtarsimon. Mevalari tuxumsimon, uzunligi 2 mm. May–iyun oylarida gullab, mevasi iyun oyida yetiladi.
Tarqalishi: Farg‘ona viloyati: Qo‘qon shahri atroflarida uchragan. Ushbu o‘simlik Moskva shahrida (MW) saqlanmoqda deb kelingan gerbariy tipi asosida tavsirlangan. Biroq MW (Gubanov, 2002) va MHA da bunday o‘simlik yo‘q. Qo‘qon shahri atroflarida olib borilgan bir necha izlanishlar natija bermagan. O‘rta Osiyoga mansub gerbariylarda ham o‘simlikning qayta terilgan nusxalari yo‘q. Ehtimol, melioratsiya va sug‘orish tizimlarining bir necha bor o‘zgarishi oqibatida o‘simlikning o‘sish joylari o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. O‘simlik bir martagina terilgan, xolos. Shunda ham Qirg‘izistonning Qo‘qon shahriga yaqin joylaridan terilgan bo‘lishi yoki o‘simlikka oid maʼlumotlarda chalkashlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.
O‘sish sharoiti: Botqoqlangan yerlarda va ehtimol, ariq bo‘ylarida ham o‘sgan.
Soni: Qo‘qon shahri atrofidan bir marta yig‘ilgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘paygan degan taxmin bor.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Bu tur haqida maʼlumotlar yetarli emas.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. O‘simlikning tabiatda borligini isbotlash zarur. Manbalar. [147, 348].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009