← Ziradoshlar
Fedchenko kovragi
Ziradoshlar

Fedchenko kovragi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan
Maqomi 2. G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Mutlaq tuksiz ko‘p yillik polikarp o‘t o‘simlik. Poyasi yakka yoki bir nechta butoqchadan iborat ingichka, binafsharang, yuqori qismi ko‘pincha qalqonsimon shoxlangan. Shoxlari ketma-ket, yuqoridagilari suprotiv. Barglarining rangi och ko‘k, yumshoq, tuksiz, besh karra bo‘lingan (kesilgan), uchidagi pallachalari torayib ketgan, 10-20 mm uzunlikda. Soyaboni 4-8 shu’lali. Soyabonchasining shu’lasi 8-10 ta. Kosachasi kalta, tishchali. Gultoji sariq, ovalsimon, 1,4 mm uzunlikda. Mevasi uzunchoqovalsimon, tuksiz, 6 mm uzunlikda, eni 3,5 mm. May oyida gullab, mevasi iyunda yetila- di.
Tarqalishi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari: Hisor tizmasi (Qizildaryoning yuqori qismi), Turkiston va Molguzar tizmalari. Uzbekistondan tashqarida: Tojikiston.
Usish sharoiti. Tog‘lardagi archazor hududning shimoliy yonbag‘irliklaridagi mayda tuproqli-shag‘alli joylarda o‘sadi.
Soni. Sanoqli darajada uchraydi, 10 x 10 m2 maydonga 2-3 ta o‘simlik to‘g‘ri keladi.
Ko‘payishi. Urug‘i orqali ko‘payadi. 
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Buhaqda ma’lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari. Hisor va Zomin davlat qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi.
Manbalar. [141,159, 237].
M. G. Pimenov, Ye. Klyuykov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009