Autumnalia inopinata Pimenov
Maqomi: 1. Nurota tizmasidagi Qoratog‘ning o‘ta kamyob endemik o‘simligi.
Qisqacha tavsifi: Balandligi 1 m gacha yetadigan ko‘p yillik polikarp o‘simlik. Poyalari yakka-yakka, tig‘iz. Barglari ikki karra uch bo‘lakli, uchidagi bo‘laklarining bandi qisqa, tuxumsimon, chetlari butun, uchi o‘tkirlashgan. Soyabonlari ko‘p, mayda sharsimon, 4–5 shuʼlali; o‘rama barglari tuxumsimon, pastga qayrilgan. Gultojibargi och sariq; kosachasining tishchalari yo‘q. Mevasi tuksiz, tuxumsimon yoki sal yumaloqlashgan. Avgust–sentyabrda gullab, sentyabr– oktyabrda mevalaydi.
Tarqalishi: Navoiy viloyati: Nurota tizmasi Qoratog‘dagi Qoraqarg‘a dovoni atrofida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tosh-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni: 2009 yilda bitta populyatsiyasi aniqlangan (50 ta tup). 2012–2014 yillarda yana ikkita populyatsiyasi topilgan (o‘simliklarning umumiy soni 150 ga yaqin). Taxminan 20 km2 maydonda tarqalgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tabiatda kamyob endemik o‘simlik. O‘sish joylarida chorva mollari juda ko‘p boqiladi.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009