← Ziradoshlar
Sariq qirqgul
Ziradoshlar
Yangi

Sariq qirqgul

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Fergania polyantha (Korovin) Pimenov

Maqomi: 1. Farg‘ona vodiysininig tog‘oldi hududlariga xos kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 40 sm gacha yetadigan ko‘p yillik, monokarp o‘simlik. Poyalari yakka, mayda chiziqli. Yopirma barglari (gullagan paytida) yassi va keng bandli. Yaprog‘i uchburchak shaklida, uch karra qirqilgan, bo‘laklari o‘z navbatida patsimon qirqilgan. Soyaboni yon shoxlarda va poyaning uchida joylashgan, 7–10 shuʼlali ko‘p gulli (gullar 36 tagacha), yumaloq. Gullari sariq, kosachasiz. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi.

Tarqalishi: Farg‘ona viloyati: Oloy va Turkiston tizmalarining Farg‘ona vodiysiga yuzlangan tomonida tarqalgan. O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston va Tojikistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning pastki qismida va tog‘ etaklarida, soz tuproqli tub jinslar (slanets, konglomerat)dan tashkil topgan yonbag‘irlarda, nurayotgan qoyalar va o‘rnashib qolgan surilmalarda o‘sadi.

Soni: Tabiatda yakka-yakka yoki to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Maʼlumotlar yo‘q.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 231].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009