← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Fedchenko lepidolofasi
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Fedchenko lepidolofasi

Maqomi 3 — Kamyob

Lepidolopha fedtschenkoana Knorring

Maqomi: 3. G‘arbiy Hisor va Ko‘hitang tizmalarida o‘suvchi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50 sm gacha yetadigan ko‘p poyali yarim buta. Barglari qalami, butun, tukli. Savatchalari uzun bandli. Gullari sariq, bezchali. Urug‘i mayda. Iyun–iyul oylarida gullab, mevasi iyul–avgustda yetiladi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasi, Surxondaryo havzasi (Tokchiyon), Ko‘hitang tizmasi (Tangidevor qishlog‘i atrofi, Taramxo bulog‘i atrofi va Bog‘lidara)da tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismidagi qoya yoriqlarida, toshli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Tabiatda yakka holda va to‘p-to‘p bo‘lib tarqalgan, 100 m2 maydonga 15–20 ta o‘simlik to‘g‘ri keladi. Umumiy soni aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniq maʼlumotlar yo‘q. O‘simlik tarqalgan joylarda ko‘plab chorva mollari boqiladi.

Madaniylashtirilishi: 1971 yildan buyon O‘zR FA Botanika bog‘ida ekib o‘stirilmoqda. Madaniy sharoitda u faqat 3–4 yil o‘sadi.

Muhofaza choralari: Surxon qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [12, 117, 127].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009