← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Butkov trixantemisi
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Butkov trixantemisi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Trichanthemis butkovii Kovalevsk.

Maqomi: 2. G‘arbiy Tyan-Shanning juda kamyob endemik o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 40 sm ga yetadigan, yo‘g‘on, ko‘p boshchali, yog‘ochlangan kaudeksli ko‘p yillik o‘t. Poyasi ko‘p, kambargli. Barglari qattiq, tuksiz yoki yakka-yakka tukli, asosidan ikki yoki uch karra patsimon bo‘lingan, bandsiz. Savatchasidagi gullari ikki xil. Tilsimon urug‘chi gullari oq, savatcha o‘rtasidagi gullari esa ikki jinsli, sariq. O‘rama bargchalari uzun siyrak tukli. Urug‘i uzun oq tukli. Iyunda gullab, mevasi iyulda yetiladi.

Tarqalishi: Toshkent viloyati: Chotqol tizmasi (Oqbuloq daryosining havzasi)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘ning o‘rta va pastki qismlaridagi qoyalarda o‘sadi.

Soni: Kam tarqalgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Pichan tayyorlashda bu turning qo‘shib o‘rilishi uning qisqarib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Chotqol davlat qo‘riqxonasida va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Manbalar. [123, 315].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009