← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Bochansev tanatsetopsisi
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Bochansev tanatsetopsisi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Tanacetopsis botschantzevii (Kovalevsk.) Kovalevsk.

Maqomi: 2. O‘zbekistonning janubida juda kichik maydonlarda saqlanib qolgan kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 25–45 sm orasidagi ildiz poyasi yo‘g‘on, ko‘pboshchali ko‘p yillik o‘simlik. Poyasi ko‘p, pastki qismi sertuk, kambarg. Ildizoldi barglarining uzunligi 10 sm, eni 2 sm, uzun bandli, ikki karra patsimon bo‘lingan. Poyadagi barglari kichraygan va kamroq bo‘lingan. Har bir poyada 3–8 tagacha savatcha joylashgan. Savatchalar uzun va ingichka bandlarda o‘rnashib, yoyiq shingilsimon to‘pgul hosil qiladi. O‘rama bargchalari sarg‘ish yashil rangli, qalin yotiq tukli. Guli sariq, qalin tukli. Iyul oyida gullab, meva beradi.

Tarqalishi: Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari: Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlari (Boysuntog‘, Yakkabog‘ daryosining yuqori qismi)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘ning yuqori qismidagi yonbag‘ir va surilmalarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Maʼlumotlar yo‘q.

Madaniylashtirilishi: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [125, 310]. G‘. M. Shermatov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009