Allium botschantzevii Kamelin
Maqomi: 1. Pomir-Oloyning janubi-g‘arbidagi endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bosh piyozi 1–2 sm kenglikda, qoramtir, qog‘ozsimon qobiq (po‘st) bilan o‘ralgan. Poyasi 30–60 sm balandlikda, pastki qismi pastga egilgan tukli. Barglari 2–3 ta, qalami-nashtarsimon, eni 10–15 mm, pastga egilgan, qalin tuklar bilan qoplangan, poyasidan qisqa. Soyaboni ko‘pgulli, deyarli sharsimon, diametri 30–40 mm. Gulbandlari deyarli teng, guloldi bargchalari yo‘q. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari yulduzsimon, oqish, xira to‘q qizil rangli, uzunligi 6 mm, qalami, to‘mtoqroq, keyinroq pastga qayriladi. Changchi ipi 6 mm uzunlikda, bigizsimon. Ko‘sagi sharsimon, diametri 4 mm.
Tarqalishi: Qashqadaryo viloyati: Qashqadaryoda – Dehqonoboddan 20 km janubda (Tolli dovoni) tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Bo‘z tuproqlarda o‘sadi.
Soni: 20 ga yaqin o‘simlik topilgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘paygan.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva boqilishi tufayli kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [58, 362, 364] F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009