← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Bezchatukli karrak
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Bezchatukli karrak

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Cousinia adenophora Juz.

Maqomi: 2. Zarafshon tizmasi g‘arbiy qismidagi juda kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyalari ko‘p, tarvaqaylagan, tuksiz, yuqori qismi bezchasimon tukli. Shoxchalari yakka kallakli. To‘pgullari siyrak. Barglarining ustki tomoni bezchasimon tukli, pastki tomoni kulrang, qalin tukli, patsimon qirqilgan. Poyadagi barglari bandsiz, yuqoriga qarab kichrayib boradi. Savatchalari cho‘ziq tuxumsimon, bezchasimon tuklarga ega. O‘rama bargchalari 30–40 ta, yassiroqcharmsimon, bezchasimon tukli. Guli sariq rangli. Urug‘i teskari tuxumsimon, deyarli uch qirrali, ingichka qanotchali, yuqori qismi 2–3 tishli. Iyul– avgust oylarida gullab, urug‘i avgust–sentyabrda yetiladi.

Tarqalishi: Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari: Zarafshon tizmasida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning yuqori qismidagi toshli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Tabiiy holda kam tarqalgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniq maʼlumot yo‘q.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumot yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [321, 324, 325, 327]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009