“Green University” ustozlari “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Green University”da bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik taʼlim va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga hissa qo‘shgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Tadbirda qo‘mita raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii so‘zga chiqdi. Ular tabiatni asrashda ustozlarning o‘rni katta ekanini, sohaga kirib kelayotgan malakali mutaxassislar aynan o‘qituvchilar mehnati samarasi ekanini taʼkidladi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari qatnashdi, ustozlarga bag‘ishlangan ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
Manba: gov.uz
