← Loladoshlar
Xolmon isirg‘aguli
Loladoshlar

Xolmon isirg‘aguli

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida
Maqomi 1. O‘zbekistonda kamayib borayotgan va areali ajralgan endemiko‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Poyasi bargli, 40-80, baʼzan 150 sm ga yetadigan piyozli, ko‘p yillik o‘t. Barglari yaltiroq, yashil, pastki barglari keng cho‘ziq, baʼzan poyada halqa hosil qilib joylashadi. Poyaning eng yuqori qismidagilari nashtarsimon, halqa shaklida o‘rnashgan. Gullari qo‘ng‘iroqsimon, pastga qarab osi- lib turadi, qizg‘ish, qirmizi-qo‘ng‘ir rangli, 2-8 ta- dan bo‘lib, soyabonsimon to‘pgul hosil qiladi. Mevasi yuqoriga qarab tik turuvchi, qisqa bandli, eni 4-5 sm, ensiz qanotchali qutichaga o‘xshaydi. Aprelda gullab, me¬vasi may oyida yetiladi. Ajoyib, xushmanzara o‘simlik.
Tarqalishi. Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari: Bobotog‘, Hisor, Oloy (So‘x daryosining havzasi) tizma- larida tarqalgan. Tojikistonda, Afg‘onistonda ham uchraydi.
Usish sharoiti. Dengiz sathidan 2100 m baland- likda daraxt va butalar orasida, baʼzan sernam toshli hamda ohaktoshli surilmalarda o‘sadi.
Soni. O‘zbekistonda juda kam uchraydi.
Kupayishi. Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Usimlik soni va arealining uzgarish sabablari. Gullari g‘oyat chiroyli, gullagan paytida mahalliy xalq tomonidan terib olinadi, piyozlari esa qazib olinib, isteʼmol qilinadi. Shu sababli, keskin kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi. Madaniylashtirilgan. Ko‘plab botanika bog‘larida, jumladan, O‘zR FA Botanika bog‘ida 1955 yildan buyon ekib o‘stiriladi.
Muhofaza choralari. U keng tarqalgan joylarda buyurtmaxonalar tashkil etish zarur. Manzarali bog‘dorchilik xo‘jaliklarida ko‘plab ekib o‘stirilishi lozim.
Manbalar. [187]. A. H. Sharipov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009