Salsola chiwensis Popov
Maqomi: 2. O‘zbekistonning shimolidagi relikt tur.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 30–60 sm oralig‘idagi, tuksiz yarim buta. Barglari ketma-ket joylashgan, etli, yassi. To‘pguli boshoqsimon. Gulqo‘rg‘on bargchalarda mevalagan paytida hosil bo‘ladigan qanotchalari yupqa pardasimon, buyraksimon yoki teskari tuxumsimon. Iyul oyida gullab, mevasi sentyabrda yetiladi.
Tarqalishi: Qoraqalpog‘iston: Ustyurt va Qizilqum (Sulton Uvays tog‘)da tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Kulrang qo‘ng‘ir gipsli va ohakchil tuproqlarda o‘sadi.
Soni: Yakka-yakka holda hamda to‘plar hosil qilib tarqalgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollari boqilishi, haydab o‘tilishi natijasida kamayib bormokda.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Chorva mollaridan saqlash kerak. Manbalar. [35, 156–159, 249]. O‘. P. Pratov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009