Halimocnemis lasiantha Iljin
Maqomi: 2. Farg‘ona vodiysiga xos areali qisqarib borayotgan kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 25 sm ga yetadigan, asosidan shoxlanuvchi, tarvaqaylagan, qisqa tuklar bilan qoplangan, bir yillik etdor o‘t. Barglari ingichka-qalami, uzunligi 20–40 mm, pastki tomoni qabariq, ustki tomoni yassi. Gulqo‘rg‘on bargchalari (5) yupqa, uzunligi 6–7 mm, o‘tkir uchli. Mevasi konussimon, asosi yassi, uzun chalkash tuklar bilan qoplangan. Iyul–sentyabr oylarida gullab, meva beradi.
Tarqalishi: Namangan, Farg‘ona viloyatlari: Farg‘ona vodiysida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘ etaklarida, toshli-shag‘alli tuproqlarda, quruq o‘zanlarda o‘sadi.
Soni: Tabiatda yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollari isteʼmol qilishi va o‘simlik tarqalgan yerlarning o‘zlashtirilishi oqibatida kamayib bormokda.
Madaniylashtirilishi: O‘zR FA Botanika bog‘i tajriba dalasida o‘stirib ko‘rilganda ijobiy natija bermagan.
Muhofaza choralari: Tabiiy holda o‘sib turgan joylarini saqlab qolish lozim. Manbalar. [35, 159]. O‘. P. Pratov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009