Andrachne vvedenskyi Pazij
Maqomi: 1. O‘zbekistonning janubiy hududlariga xos kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 40 sm ga yetadigan yarim buta. Yosh poyalari g‘adir-budur. Yog‘ochlangan kulrang va qo‘ng‘ir shoxlari ko‘plab saqlanib qoladi. Bargi qalin etli, keng ellipssimon, yumaloq, baʼzan teskari-tuxumsimon, to‘mtoq yoki uchli. Gullari ayrim jinsli, barg qo‘ltiqlarida 1–2 tadan joylashgan. Changchi guli ingichka, urug‘chi guli yo‘g‘on gul bandda joylashgan. Ko‘sakchasi deyarli yumaloq, 3 bo‘lakli. Meva bandining uzunligi 8–10 mm. Iyul oyida gullab, mevasi pishadi.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Surxon-Sherobod vodiysida (Shakarli Ostona) tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Ochiq ola jinslarda o‘sadi.
Soni: Yakka-yakka holda o‘sadi. Bir joydan 2 marta yig‘ilgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [159, 212, 257].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009