← Sutlamadoshlar
Tig‘iz sutlama
Sutlamadoshlar
Yangi

Tig‘iz sutlama

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Euphorbia densiusculiformis (Pazij) Botsch.

Maqomi: 1. O‘zbekistonning janubiy hududiga xos kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 8 sm ga yetadigan bir yillik o‘t. Poyasi qisqa, shoxlangan. Barglari etli, kuraksimon yoki cho‘ziq-tuxumsimon, qisqa bandli. Qalqonsimon to‘pguli barg qo‘ltig‘idagi gulli shoxlar bilan o‘ralgan. Ko‘sakchasi, odatda, uzun bandli, tuxumsimon, uch bo‘lakli, silliq. Aprel–may oylarida gullab, mevalaydi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Boysun va Sherobod atroflarida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Ola jinsli qoldiq tog‘larda o‘sadi.

Soni: Yakka-yakka holda uchraydi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 212, 257].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009