← Sutlamadoshlar
Ayrishox sutlama
Sutlamadoshlar
Yangi

Ayrishox sutlama

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Euphorbia densiuscula Popov

Maqomi: 1. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 5–10 sm orasidagi bir yillik o‘t. Poyasi qisqa, qalin bargli, shoxlangan, hurpaygan qisqa tukli. Barglari etli, teskari tuxumsimon, asosiga qarab ingichkalashib boradi va barg bandiga aylanadi. To‘pguli qalqonsimon, ko‘p marta ayri bo‘lib shoxlangan. Ko‘sagi tuxumsimon, uch bo‘lakli, yetilmagani qisqa tukli, pishgani deyarli tuksiz. May–iyun oylarida gullab, mevalaydi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasida – Bog‘lidara dovonida, Oqtosh qishlog‘i atrofida, Hisor tizmasida – Boysun yaqinidagi Kattaqamish qishlog‘i atroflarida uchraydi. Turkmanistonda ham uchraydi (Kelif atrofida).

O‘sish sharoiti: Gipsli, ola jinslarda o‘sadi.

Soni: Yakka-yakka holda o‘sadi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Surxon qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [159, 212, 257].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009