Euphorbia sclerocyathium Korovin et Рopov
Maqomi: 1. Orol va Kaspiy atrofidagi cho‘llarda uchraydigan kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 20–40 sm oralig‘idagi tuksiz, ko‘k-yashil, ko‘p yillik o‘t. Poyasi ko‘p, tik, asosidan shoxlangan. Barglari etli, bandsiz, tekis qirrali, nashtarsimon, ellips shaklda, baʼzan qalami-nashtarsimon. Ko‘sakchasi 4,5 mm uzunlikda, yumaloq-tuxumsimon, silliq. Urug‘i tuxumsimon, 2–3 mm uzunlikda, och kulrang. May– avgust oylarida gullab, mevasi iyun–sentyabrda yetiladi.
Tarqalishi: Qoraqalpog‘iston: Ustyurtda, Qorinyoriq, Shaxbaxta va Borsakelmas qishloqlari hamda Tabansu, Qorabavur quduqlari atroflarida tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Toshli va qumli cho‘llarda, sho‘rxok, sho‘rlangan kulrang-qo‘ng‘ir tuproqlarda o‘sadi.
Soni: Yakka-yakka yoki to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi.
Ko‘payishi: Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining boqilishi va hududda neft-gaz sanoatining rivojlanishi sababli kamayib ketmoqda.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [159, 212, 257]. H. F. Shomurodov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009