← Sutlamadoshlar
Kudryashev sutlamasi
Sutlamadoshlar
Yangi

Kudryashev sutlamasi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Euphorbia kudrjaschevii (Pazij) Prokh.

Maqomi: 1. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 20 sm ga yetadigan, jingalak tuklar bilan qoplangan ko‘p yillik o‘t. Poyasi tik, oddiy, barglari ko‘p. Poyaning pastki barglari tangachasimon, qo‘ng‘ir rangli, cho‘ziq, poyadagi barglari esa cho‘ziq qalami, uzunligi 2–4,5 sm, eni 2–4 mm, asosi yumaloq, uchli, tekis qirrali. Soyaboni 3–6 ta, oddiy nurli. Ko‘sakchasi yumaloq, uzunligi 6 mm, jingalak tukli. Iyun– iyul oylarida gullab, mevalaydi.

Tarqalishi: Qashqadaryo viloyati: Hisor tizmasining Beshnov tog‘ida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning yuqori (yaylov) qismida o‘sadi.

Soni: 1937 yili bir marta yig‘ilgan. O‘simlikni topish uchun so‘nggi yillarda olib borilgan izlanishlar natija bermagan. Tur butunlay yo‘qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Urug‘ining yaxshi unmasligi, tog‘ning yuqori qismida uchrashi uning kam tarqalishiga sabab bo‘lsa kerak.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Hisor davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [159, 212, 257].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009