← Sutlamadoshlar
Uchtishli sutlama
Sutlamadoshlar
Yangi

Uchtishli sutlama

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Euphorbia triodonta Prokh.

Maqomi: 1. O‘zbekistonning janubiy hududiga xos juda kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 6–15 sm, tuksiz, ko‘k-yashil rangli, bir yillik o‘t. Poyasi qisqa, deyarli asosidan shoxlangan. Poyadagi barglari bandsiz, tekis qirrali, pastki 2 juft barglari qarama-qarshi, qolganlari navbat bilan joylashgan, uzunligi 4,5–5 mm, eni 1–1,5 mm. Guloldi barglari qarama-qarshi joylashgan, qalami, uzunligi 10–15 mm, eni 1,5–4 mm, uchta tomirli. To‘pguli ayri bo‘lib shoxlangan, tarvaqaylagan. Ko‘sakchasining uzunligi 3–3,5 mm, eni 2–2,5 mm. Urug‘i cho‘ziq, olti qirrali, uzunligi 1,5–2 mm, oqish yoki kulrang. Aprel oyida gullab, mevasi may–iyunda yetiladi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Surxon- Sherobod vodiysi (Sherobod atroflari)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Gipsli va sho‘r tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 212, 257].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009