← Loladoshlar
Ulug‘vor lola
Loladoshlar
Yangi

Ulug‘vor lola

Maqomi 3 — Kamyob

Tulipa ingens T. M. Hoog

Maqomi: 3. G‘arbiy Pomir-Oloyda kam tarqalgan endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 12–25 sm orasidagi ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozining diametri 2,5–4 sm, cho‘ziq-tuxumsimon, ustki qismi qora qo‘ng‘ir yoki qo‘ng‘ir yupqa charmsimon qobiq bilan o‘ralgan. Barglari 3–4 ta, tarvaqaylagan, o‘tkir uchli, nashtarsimon, chetlari egri-bugri, ko‘kimtir rangli. Guli qizil, yulduzsimon, tubi qora rangli. Changchisi va changchi iplari qora, tim qo‘ng‘ir yoki to‘q qizil rangli. Aprel–may oyida gullab, mevasi iyun–iyulda yetiladi.

Tarqalishi: Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Zarafshon, Ko‘hitang va Hisor tizmalarida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning dengiz sathidan 1600–2000 m balandlikdagi soz tuproqli yonbag‘irlarida o‘sadi.

Soni: Yakka-yakka holda va to‘plar bo‘lib uchraydi.

Ko‘payishi: Urug‘idan va piyozidan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining boqilishi, gullari uzilib, va piyozlari qazib olinishi sababli soni kamaygan.

Madaniylashtirilishi: 1951 yildan boshlab O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stiriladi.

Muhofaza choralari: Hisor, Kitob va Surxon qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi. O‘sib turgan to‘plari nazorat ostiga olinishi lozim. Manbalar. [40, 50, 60, 291]. A. H. Sharipov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009