Cephalorhizum oopodum Popov et Korovin
Maqomi: 2. Janubiy Pomir-Oloydagi juda kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik, 40–60 sm balandlikdagi yo‘g‘on ildizli, tuxumsimon kaudeksga o‘tuvchi o‘simlik. Barcha barglari ildiz bo‘g‘zida joylashgan, bandli, seret, rombsimon, uzunligi 5–15 sm, eni 1,5–2,5 sm. Gulbandi 2–4 ta, to‘g‘ri, shoxlangan, to‘pguli bir tomonlama joylashgan 5–15 gulli. Kosachasi qalin tukli, uzunligi 7–8,5 mm, naychasi o‘tsimon, qobirg‘ali, yupqa, ko‘kimtir, keyinroq oqaruvchi qaytariqli. Gultoji qizil-binafsha rangli.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Kelif-Sherobod tepaliklarida tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Ola jinsli past tog‘lardagi bo‘z tuproqlarda o‘sadi.
Soni: 2009 yili 13 tup o‘simlik borligi aniqlangan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Ola jinsli yerlarning qisqarishi va mollarning boqilishi tufayli qisqarib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [179, 180, 310]. F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009