← Karmakdoshlar
Nurota kirpio‘ti
Karmakdoshlar
Yangi

Nurota kirpio‘ti

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Acantholimon nuratavicum Zakirov

Maqomi: 2. Nurota tizmasidagi kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Diametri 20 sm keladigan, yarimshar shaklidagi poyalari juda tig‘iz yostiqcha hosil qiluvchi yarim buta. Barglari ko‘kimtiryashil, uch qirrali, cho‘ziq nashtarsimon yoki deyarli bigizsimon, uzunligi 0,5–1 sm, eni esa 0,5–1 mm, qisqa va qalin tuklar bilan qoplangan. Gulpoyasi bargidan uzunroq, balandligi 10–15 sm. Gullari boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Kosachabargi qalin tukli, pushti rangli, tojbargi ham pushti rangli. Iyul–avgustda gullab, mevasi avgust–sentyabr oylarida yetiladi.

Tarqalishi: Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari: Nurota tizmasida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘ning o‘rta qismidagi toshli va shag‘alli quruq yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Kam uchraydi. Kichik populyatsiyalar (20– 30 tadan 100–200 tupgacha) hosil qiladi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tabiatan kamyob endemik tur. Chorva boqiladigan yerlarda o‘sganligi tufayli oyoqosti bo‘lib, kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumot yo‘q.

Muhofaza choralari: Nurota davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi.. Manbalar. [11, 177, 178, 208].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009