← Karmakdoshlar
Anna kirpio‘ti
Karmakdoshlar
Yangi

Anna kirpio‘ti

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Acantholimon annae Lincz.

Maqomi: 2. Hisor tog‘idagi kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Yarimshar shaklidagi tig‘iz, yostiqsimon, diametri 10–12 sm ga yetadigan yarim buta. Bargi yashil, deyarli yassi-nashtarsimon, uzunligi 2–5 mm, eni 0,5–1,5 mm. Gulpoyasi oddiy, uzunligi 4–5 sm, bargidan uzunroq, tuksiz. Boshog‘i bir gulli. Kosachasi qirmizi, tojbargi pushti rangli. Iyul–avgust oylarida gullab, sentyabr– oktyabrda mevasi yetiladi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasi, To‘palang daryosi havzasida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘ning o‘rta qismidagi toshli, qoya toshli, tik yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Kam sonli populyatsiyasi tabiatda juda oz uchraydi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tabiatda o‘simlikning holati va soni maxsus o‘rganilmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [11, 177, 178].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009