← Karmakdoshlar
Yekaterina kirpio‘ti
Karmakdoshlar
Yangi

Yekaterina kirpio‘ti

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Acantholimon ekatherinae (B. Fedtsch.) Czerniak.

Maqomi: 2. Chotqol tizmasiga xos kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Yerga yopishib o‘sadigan, diametri 15–40 sm orasidagi yostiqsimon, shoxchalari biroz ko‘tarilib o‘suvchi yarim buta. Bargi yassi, nashtarsimon yoki uchli nashtarsimon, uzunligi 2 sm, eni 4 mm. Gulpoyasi 5–20 sm, bargidan uzun. Gullari, 3–8 tadan siyrak joylashib, boshoqcha hosil qiladi. Kosachasi pushti yoki qirmizi. Tojbarglari pushti rangli. Iyul–sentyabr oylarida gullab, mevasi sentyabr–oktyabrda yetiladi.

Tarqalishi: Toshkent viloyati: Chotqol tizmasining Chimyon tog‘ida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘ning yuqori qismidagi yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Inson omili taʼsirida hamda chorva mollarining ko‘plab boqilishi tufayli payhon bo‘lmoqda.

Madaniylashtirilishi: O‘zR FA Botanika bog‘ida 1962 yildan beri muvaffaqiyatli o‘stirilmoqda. Ekilganidan uch yil o‘tib, gullaydi, urug‘ beradi. Urug‘idan unib chiqishi kuzatilmagan. Nam sharoitda yaxshi o‘sadi.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. O‘sish joylari Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘ining hududida joylashgan. Manbalar. [11, 177, 178].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009